03/11/2023

2023-yil yanvar-sentabr oylari holatiga Buvayda tumanida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 422,8 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 130,3 %ga yetdi.

Shundan:
Markazlashgan investisiyalar – 11,0 mlrd. so‘m
Respublika budjeti – 9,2 mlrd. so‘m
Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi – 1,8 mlrd. so‘m

Markazlashmagan investisiyalar – 411,8 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.
Korxona o‘z mablag‘i – 39,6 mlrd. so‘m
To‘g‘ridan-to‘g‘ri va boshqa xorijiy investitsiya hamda kafolatlanmagan xorijiy kreditlar – 202,7 mlrd. so‘m
Aholi mablag‘i – 110,6 mlrd. so‘m
Bank krediti va boshqa qarz mablag‘lari – 58,9 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.