03/11/2023

2023- yilning yanvar-sentabr oylari holatiga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida 16 yoshgacha bolali uy xo‘jaliklari 72,1 %ni tashkil etadi.

Shundan:

- bir bolali uy xo‘jaliklar - 21,6 %;

- ikki bolali uy xo‘jaliklar - 27,9 %;

- uch bolali uy xo‘jaliklar - 17,3 %;

- to‘rt va undan ko‘p bolali uy xo‘jaliklar - 5,3 %.

Kuzatuv natijalariga ko‘ra, 27,9 % uy xo‘jaliklarida 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar mavjud emas.