03/11/2023

Joriy yilning 3-noyabr kuni Quva tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi N. Nazirboyev tomonidan Quva tumani, “Yuqori qo‘rg‘oncha” MFY, “Qo‘rg‘oncha” ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro D. Samatovlar xonadonida 4-TJ (turar joy) tallanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarga sarf qilingan mablag‘lar haqidagi ma’lumotlar to‘plandi. Olingan ma’lumotlar joyida shaffof va haqqoniy tarzda planshet qurilmasiga kiritildi. Xonadon egalariga mazkur kuzatuv haqqoniy statistik ma’lumotlarni shakllantirishga xizmat qilishi haqida tushuncha berildi.