07/11/2023

Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi A.Komiljonov tomonidan uy xo‘jaliklari kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatubva tushgan Farg‘ona shahar, “Yulduz” MFY, “Yangi asr” ko‘chasi 86/8-uyda istiqomat qiluvchi R.Halikova bilan suhbatlashib, mazkur kuzatuvning maqsadi va mohiyati tushuntirib o‘tildi. 

Jumladan, mazkur kuzatuv ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni shakllantirishdan iborat ekanligi haqida ma’lumotlar berildi. Shundan so‘ng fuqarodan olingan ma’lumotlarni joyida shaffof va haqqoniy tarzda planshet qurilmasiga kiritish ishlari amalga oshirildi.