07/11/2023

O‘zbekiston Respublikasining "Rasmiy statistika to‘g‘risida"gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-avgustdagi "O‘zbekiston Respublikasining milliy statistika tizimini yanada takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-4796-son qаrоri ijrosini ta’minlash, rasmiy statistika sohasida qurilish ishlari umumiy hajmini shakllantirish bo‘yicha uslubiyatni yanada takomillashtirish maqsadida har chorakda "Foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy-joylarning tanlanma kuzatuvlari” o‘tkaziladi.  

Shu munosabat bilan viloyatda kuzatuvni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida tuman va shahar statistika bo‘limi boshliqlari hamda kuzatuvni o‘tkazishga mas’ul bo‘lgan mutaxassislar ishtirokida seminar-trening tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi  boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari F.Yakubov, “Qurilish va investitsiya statistikasi” bo‘limi boshlig‘i L. Yefimova va boshqa mutaxassislar qatnashdilar. Mazkur kuzatuv joriy yilning  iyul-sentabr oylari mobaynida foydalanishga topshirilgan  va ishga tushirilgan yakka tartibdagi uy-joylar umumiy qurilish maydonining 1 kvadrat mеtri uchun sarflangan moddiy va mehnat resurslari miqdori haqida ma’lumotlarni yig‘ish va uni hisoblashdan iborat ekanligi haqida so‘z yuritildi.