07/11/2023

2023-yil yanvar-sentabr oylari holatiga Oltiariq tumanida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi 683,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 156,9 %ga yetdi.

Shundan:
Markazlashgan investisiyalar – 118,8 mlrd. so‘m
Respublika budjeti – 113,5 mlrd. so‘m
Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasi – 5,3 mlrd. so‘m

Markazlashmagan investisiyalar – 565,1 mlrd. so‘m miqdorida qayd etildi.
Korxona o‘z mablag‘i – 40,3 mlrd. so‘m
To‘g‘ridan-to‘g‘ri va boshqa xorijiy investitsiya hamda kafolatlanmagan xorijiy kreditlar – 245,9 mlrd. so‘m
Aholi mablag‘i – 173,8 mlrd. so‘m
Bank krediti va boshqa qarz mablag‘lari – 105,1 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.