07/11/2023

Joriy yilning 7-noyabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh. Mamadaliyev, Toshloq tumani hokimining I-o‘rinbosari K.Umarov, “Narx statistikasi” bo‘limi boshlig‘i A.Pazilov hamda Toshloq tumani statistika bo‘limi mutaxassisilari ishtirokida Toshloq tumani dehqon bozorida 5-narx o‘rtacha xaftalik kuzatuvlari yuzasidan dislokatsion nuqtalarga chiqib, bozordagi narxlarining ko‘rsatkichlari, ularning shaffofligi kuzatildi va narxlarni planshet qurilmasiga kiritish ishlari amalga oshirildi.