08/11/2023

Joriy yilning 7-noyabr kuni Farg‘ona shahar statistika bo‘limi bosh mutaxassisi D.Maksudov tomonidan  Farg‘ona shahar, “Ibrat” MFY, “Zarbdor” ko‘chasi 31 uyda 4-TJ (turar joy) tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarga sarf qilingan mablag‘lar haqidagi ma’lumotlar to‘plandi. Olingan ma’lumotlar joyida shaffof va haqqoniy tarzda planshet qurilmasiga kiritildi. Xonadon egalariga mazkur kuzatuv haqqoniy statistik ma’lumotlarni shakllantirishga xizmat qilishi haqida tushuncha berildi.