08/11/2023

Joriy yilning 7-noyabr kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari” bo‘limi mutaxassisi B.Hamdamov tomonidan Qo‘shtepa tumanidagi, “Do‘rmon” MFY, “Beqiyos” ko‘chasi 37- uyida istiqomat qiluvchi G‘. Mamadaliyevlar xonadonida uy xo‘jaliklari kuzatuvi o‘tkazildi. Mazkur kuzatuv ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni shakllantirishdan iborat ekanligi haqida xonadon egalariga tushuncha berildi. Fuqarodan olingan ma’lumotlarni joyida shaffof va haqqoniy tarzda planshet qurilmasiga kiritish ishlari amalga oshirildi.