13/11/2023

Joriy yilning 10- noyabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi tomonidan Quva tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limi hamda buxgalteriya markazi xodimlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashamiz” mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda viloyat statistika boshqarmasi yuruskonsulti A.Nurmatov ishtirok etib, kun tartibiga qo‘yilgan masala yuzasidan ma’ruza qildi. Chunonchi, u jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasizlik madaniyati bu kishilarning korrupsiyaga nisbatan murosasiz ongli munosabati, bilim darajasi, tajribasi, korrupsiyaviy jarayonlarga faol qarshi xattiharakatlaridir. 

Halollik har sohada o‘ziga xos namoyon bo‘lib, sud-huquq tizimida ikki yo‘nalishda, ya’ni, birinchidan, qonun chizig‘idan chiqmaslikda va inson taqdiri bo‘yicha qaror qabul qilishda, aybdorning o‘rniga o‘zini qo‘yib ish tutishda, o‘qituvchi timsolida esa, talaba va o‘quvchiga real bilim va tarbiya berishda, davlat xizmatchisi halolligi xalqqa xizmat qilib, rozi qilish, davlat va jamiyat manfaatini bosh qadriyat deb bilishda, tibbiyot xodimidagi halollik bemorga ta’magirlik bilan qaramaslikda, uni davolashni kasb va vijdon amri deb bilishida, ota-ona halolligi esa, farzandni mustaqil hayot kechirishga tayyor, to‘g‘riso‘z, vijdonli, chuqur mas’uliyatli inson va muayyan kasb-hunar sohibi qilib shakllantirishda o‘zi namuna bo‘lishida namoyon bo‘ladi. 

Zero, Prezidentimiz aytganidek, “Agar farzandimizga to‘g‘ri tarbiya bermasak, har kuni, har daqiqada uning yurish-turishi, kayfiyatidan ogoh bo‘lib turmasak, ularni ilmu hunarga o‘rgatmasak, munosib ish topib bermasak, bu omonatni boy berib qo‘yishimiz hech gap emas”. Ijtimoiy rivojlanish va uning pirovardida rivojlangan, demokratik davlatlar qatoridan munosib o‘rin olishda o‘zbek xalqining mehnatkashligi, aholi turmush farovonligining uzluksiz yaxshilanayotgani, odamlardagi shukronalik hamda umrdan roziligi ijtimoiy taraqqiyotimizning muhim omiliga aylanishi, xalqimizning yuqori intellektual, ma’naviy salohiyatga egaligi, inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha dunyo e’tirofiga sazovor natijalarga erishilganligi, mamlakatimizning boy yer osti va yer usti imkoniyatlarga egaligi, O‘zbekistonning Markaziy Osiyoning markazida joylashgani, har tomonlama qulay kommunikatsiyalar tizimi bunyod etilgani, havo, temir yo‘l, avtomobil transportining rivojlangan infrastrukturasiga egaligi, O’zbekiston xalqining bag‘rikeng milliy mentalitetga egaligi, faoliyatda namuna, ibrat bo‘lish tuyg‘usining kuchliligi, yaxshi ishlarda yetakchi bo‘lish fazilati va xalqimizning iymon-e’tiqodi mustahkamligi, hamkorlik va do‘stlikka sadoqati, ertangi kunga bo‘lgan ishonchining kuchliligi, xalqimiz o‘zini buyuk ajdodlari ilmiy dahosi, ilmiy hamda ma’naviy jasoratining haqli vorisi sifatida namoyon etishga intilayotgani, dunyo intellektual-ma’rifiy maydonida yuksak iqtidor egasi, barchaga maqbul bo‘ladigan oqilona yechimlar tavsiya eta oluvchi, uzoqni ko‘zlab ish tutuvchi, yuksak ma’naviyatli millat sifatida namoyon etayotgani, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan Taraqqiyot strategiyasini xalqimiz to‘la qo‘llab-quvvatlayotgani, odamlarning bu jarayonlarning kuzatuvchisi emas, balki ongli ishtirokchisiga aylanganligi g‘oyasida ma’naviy hamda intellektual asoslarga tayanishi haqida so‘z yuritdi.