Xizmatlar eksporti hajmi 5,3 mln. AQSH dollarini yoki jami eksport hajmining 1,0 % ini tashkil etib, 2022- yilning mos davriga nisbatan 32,0 % ga kamaydi. Xizmatlar eksporti tarkibining asosiy ulushi safarlar (turizm) (6,4%), transport (46,8 %), telekommunikatsiya, kompyuter, axborot (11,4 %) va moliyaviy xizmatlar (35,5 %) hissasiga toʻgʻri kelgan.