13/11/2023

Joriy yilning 13-noyabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xoʻjaliklari kuzatuvlari” boʻlimi intervyuyeri B.Hamdamov tomonidan uy xoʻjaliklari kuzatuvi o‘tkazildi. Belgilangan reja-jadval asosida Farg‘ona tumani “Langar” MFY, Suqmozor ko‘chasi 64-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Q.Sulaymonov xonadoniga borib, kuzatuv ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida o‘tkazilayotganligi tushuntirildi hamda olingan ma’lumotlar joyida  planshet qurilmasiga kiritildi.