2023- yilning yanvar-sentabr oylarida import hajmi 964,4 mln. AQSH dollarini va 2022- yilning mos davriga nisbatan 104,2 % ni tashkil etdi. Import tarkibida eng katta ulush, mashinalar va transport asbob-uskunalari (37,0 %), sanoat tovarlari (22,0 %) hamda oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (16,2 %) hisobiga toʻgʻri keldi.