13/11/2023

2023- yil yanvar-sentabr oylarida import tarkibida mashinalar va transport asbob-uskunalari hajmi 356,4 mln. AQSH dollarini tashkil etib, 2022- yilning shu davriga nisbatan 11,0 % ga ko‘paydi va importning umumiy hajmidagi ulushi 37,0 % ga yetdi.

2023- yil yanvar-sentabr oylarida mashina va transport asbob uskunalari importi hajmi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 35,5 mln. AQSH dollariga ko‘paydi. Ushbu tovarlarni Farg‘ona viloyatiga yetkazib berishning asosiy qismi XXR — 235,6 mln. AQSH dollari (66,1 %), Turkiya — 17,0 mln. AQSH dollari (4,8 %) va Litva – 17,8 mln. AQSH dollari (5,0 %) kabi davlatlarga toʻgʻri keldi.