15/11/2023

Joriy yilning 14-noyabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Favqulotda vaziyatlar hotatida qanday xarakat qilasiz”? mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Sharqiy xarbiy okrugi yong‘in nazorati inspektsiyasi boshlig‘i podpolkovnik B. Ergashev, Farg‘ona viloyati Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi, xayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazi o‘qituvchisi O. Atajonova hamda Farg‘ona viloyati Favqulotda vaziyatlar boshqarmasi, bo‘lim bosh inspektori mayor  A. Tadjiboyevlar qatnashdilar.  

Tadbirni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari F.Yakubov kirish so‘zi bilan ochdi. Notiqlar tomonidan zilzila vaqtida qanday qilib jon saqlash mumkinligi, yer silkinishi xavfi bo‘lganda binodan chiqish yo‘lini oldindan belgilab qo‘yish kerakligi, xonaning asosiy devorlari orasidagi burchagi, ichki eshiklar o‘rni, stol, karavot, stanoklar osti bo‘lishi mumkinligi, yer qimirlaganda uyning eng xavfli joylari – ichki va tashqi deraza ostilari, devorlarning oyna bilan qoplangan qismlari, ayniqsa oxirgi qavatlardagi burchakda joylashgan xonalar, lift va zinapoya maydonchalari bo‘lishi mumkinligi haqida so‘z yuritildi. 

Bundan tashqari 2023- yil 15-noyabrdan 15-dekabrgacha respublikamizda yong‘in xavfsizligi oyligi e’lon qilinganligi, shu munosabat davlat tashkilotlarida qat’iy texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etish, elektr o‘tqazuvchi simlarda, elektr uskuna va jixozlarida, yoritish lampalarida elektr kuchlanish(tok) ning mavjudligini ko‘z bilan koְ‘rib bo‘lmasligi, ish boshlashdan avval ishchi xodimlar barcha jihozlar elektr tokiga xavfsiz ulanganligini va ish vaqtida ularning sozligidan xabardor bo‘lish lozimligi, nosoz elektr jihozlaridan foydalanmaslik kerakligi haqida keng va atroflicha tushuncha berildi. Seminar so‘ngida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.