17/11/2023

Anʼanaviy roʻyxatga olish deganda, maʼlum bir mamlakat hududi yoki uning aniq belgilangan qismida barcha shaxslar va uy-joy fondini maʼlum bir vaqtda tavsiflovchi demografik, iqtisodiy va ijtimoiy maʼlumotlarni toʻplash (joylarda yoppasiga roʻyxatga olish orqali), qayta ishlash, baholash, tahlil qilish va tarqatish jarayonini tushuniladi. Roʻyxatga olish bevosita hisob-kitob sanasi (roʻyxatga olish sanasi) bilan bogʻliq belgilangan cheklangan vaqt oraligʻida oʻtkaziladi. Maʼlumotlar, odatda, qogʻoz savolnoma yoki borgan sari koʻproq ishlatilayotgan elektron shakldagi roʻyxatga olish varaqalari orqali yoki xavfsiz onlayn ulanish vositasida maʼlumotlarni uzatish orqali qayd etiladi. Roʻyxatga olishning ikkita asosiy usuli mavjud:

a) maʼlumotlarni toʻgʻridan-toʻgʻri roʻyxatga oluvchi tomonidan qayd etish;

b) uy xoʻjaliklari aʼzolari mustaqil ravishda soʻrovnomani toʻldirish (oʻz-oʻzini roʻyxatga olish).

Anʼanaviy roʻyxatga olishda ham qisqa, ham uzun roʻyxatga olish varaqalari ishlatilishi mumkin yoki barcha savollar boʻyicha yoppasiga maʼlumot toʻplash mumkin. Birinchi yondashuvni qoʻllaganda, qisqa varaqalar faqat yoppasiga hisobga olish uchun moʻljallangan savollarni oʻz ichiga olishi kerak, uzun varaqalar esa faqat uy xoʻjaliklari va aholining tanlanmasi asosida maʼlumot toʻplash uchun ishlatilishi mumkin. Bunday varaq odatda fertillik yoki nogironlik kabi murakkab xususiyatlarni qamrab olishga qoʻshimcha ravishda muayyan belgilar boʻyicha batafsil savollarni oʻz ichiga oladi. Har ikkala shakl ham bir xil vaqt oraligʻida qoʻllaniladi, ushbu vaqt oraligʻidan tashqarida roʻyxatga olish mazmuniga doir hech qanday maʼlumot toʻplanmaydi.

Anʼanaviy usulning asosiy afzalliklari shundaki, u butun aholini maʼlum bir vaqtda “ajratish” imkonini beradi va nisbatan kichik hududlar va aholining kichik guruhlari haqida maʼlumot olish imkonini beradi.

Anʼanaviy roʻyxatga olish milliy statistika idoralari tomonidan olib borilgan maʼlumotlarni toʻplash amaliyotining eng mukammal, murakkab va qimmatbaho tadbiridir. Xarajatlardan tashqari, ushbu murakkab tadbir roʻyxatga olishda ishtirok etishni taʼminlash uchun jamoatchilikning toʻliq xabardorligi va hamkorligini talab etadi. Uning murakkabligi va xarajat miqdori tufayli roʻyxatga olish odatda har besh yoki oʻn yilda bir marta amalga oshiriladi, shuning uchun hatto eng soʻnggi roʻyxatga olish natijalari ham bir necha yil oldin mavjud boʻlgan vaziyatni aks ettiradi.

Roʻyxatga olish usulini tanlash toʻgʻrisidagi qaror rejalashtirishning iloji boricha dastlabki bosqichlarida turli xil muqobillarning xarajatlar, olingan maʼlumotlarning sifati va ularni amalda qoʻllash imkoniyatlarini sinchkovlik bilan sinab koʻrish asosida qabul qilinishi kerak. Hatto anʼanaviy ravishda bitta usul qoʻllanilganda ham, hozirgi aholini roʻyxatga olish va oʻzgaruvchan texnik ehtiyojlar asosida uning nisbiy afzalliklarini muntazam ravishda qayta baholashni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Tanlov erta bosqichda amalga oshirilishi kerak, chunki roʻyxatga olish byudjeti, tashkiliy tuzilma, roʻyxatga olishni targʻibot ishlarini amalga oshirish rejasi, kadrlar tayyorlash dasturi, roʻyxatga olish varaqasi tuzilishi va maʼlum darajada toʻplanishi mumkin boʻlgan maʼlumotlar aynan tanlangan usulga bogʻliq boʻladi. Maʼlumotlarni toʻplashning bir necha usullaridan foydalangan holda, jamoatchilik tomonidan qoʻllaniladigan usullarni qoʻllab-quvvatlashga ishonch hosil qilish juda muhimdir, chunki jalb qilingan roʻyxatga oluvchilar soni va shunga mos ravishda xarajatlar shunga bogʻliq.

Roʻyxatga olish davrining muddati va davomiyligi juda muhimdir. Asosiy talab, belgilangan muddatlarda aholini qamrab olish va toʻplangan maʼlumotlarning sifati jihatidan eng muvaffaqiyatli roʻyxatga olish imkoniyatlarini taʼminlashdir. Bu bir qator omillarga bogʻliq boʻlishi mumkin. Avvalo, noqulay yoki ekstremal ob-havo sharoitlari tufayli aholi punktlariga borish qiyin boʻlgan yoki roʻyxatga olish qiyin boʻlgan mavsumdan qochish kerak.

Ikkinchidan, shunday vaqtni tanlash kerak-ki, bunda aksariyat aholi doimiy yashash joylarida boʻlishlari lozim; bu roʻyxatga olish jarayonlarini har tomonlama, jumladan yuridik tomondan (doimiy yashash joylari boʻyicha roʻxatdan olinganda, roʻyxatga olish vaqtida ushbu joyda yashashlari yoki yashamasliklaridan qatiy nazar) va xaqiqiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish (roʻyxatga olish vaqtida xaqiqiy yashab turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish) roʻyxatga olish jarayonlarini osonlashtiradi. Qishloq xoʻjaligi ishlari qizgʻin amalga oshirilayotgan vaqtda roʻyxatga olish ishlarini tashkil etishdan yiroq boʻlish zarur, chunki har kuni kechga qadar dalada ishlaydigan va hatto dalasi uydan uzoqda joylashgan holatda yotib dalada yotib qolib ishlaydigan odamlar bilan bogʻlanish qiyin boʻladi. Roʻyxatga olishni amalga oshirish uchun anʼanaviy bayramlar, festivallar, ziyorat va roʻza tutish davrlari ham mos kelmaydi. Istisno sifatida koʻchmanchi turmush tarzini olib boruvchi aholi uchun maxsus anʼanaviy bayramlarida amalga oshirilishi mumkin, (masalan, Rossiyada “bugʻu boquvchilar kuni” kabi), bunda aholi qisqa vaqt ichida muayyan joylarda birga toʻliq toʻplanadilar. Roʻyxatga olish haqiqiy joyda amalga oshirilgan hollarda, oʻz uyidan tashqarida roʻyxatdan oʻtgan har bir kishiga doimiy yashash joyining manzilini koʻrsatish taklif etilishi lozim va ushbu manzilni batafsil geografik darajada doimiy aholi sonini hisoblash imkoniyatiga ega boʻlish uchun batafsil geografik darajada kodlab kiritish zarur boʻladi. Roʻyxatga olish vaqtida 12 oydan kamroq vaqt mobaynida chet elda yashovchi shaxslar ham hisobga olinishi kerak. Masalan, aholini roʻyxatga olish vaqtida vaqtincha yoʻq boʻlgan shaxslar haqida maʼlumotlarni boshqa oila aʼzolari ham berishlari mumkin.

Bundan tashqari, aholini roʻyxatga olish Markaziy davlat yoki mahalliy hokimiyat organlari saylovlari kabi yirik siyosiy tadbirlar bilan mos kelmasligini taʼminlash juda muhim, chunki odamlar bu ikki tadbirni chalkashtirib yuborishi mumkin va roʻyxatga oluvchilar bilan uyda muloqot qilishga moyilliklari past boʻladi. Afsuski, MSI bu omillarga taʼsir qilishi qiyin va baʼzida buning iloji yoʻq. Roʻyxatga olish mamlakatdagi siyosiy jihatdan barqaror va ijtimoiy tinch muhitda amalga oshirilishi juda muhimdir. Siyosiy yoki harbiy beqarorlik holatlarda aholining oʻzi ushbu tadbirda ishtirok etish istagini bildirmaydi va roʻyxatga oluvchilar xavfsizligini kafolatlashning iloji boʻlmaydi. Xavfsizlik darajasi roʻyxatga oluvchilarga xavf-xatarsiz, mamlakatning barcha hududlariga tashrif buyurish imkoniyatini berishi kerak.

Agar roʻyxatga olish muvaffaqiyatli amalga oshirilgan boʻlsa va uning muddati umuman olganda qoniqarli deb topilgan boʻlsa, keyingi roʻyxatga olish yilning shu muddatlarida amalga oshirilishi kerak, albatta, avvalgi muddatlarni oʻzgartirish uchun yaxshi sabablar boʻlmasagina. Shu bilan birga aholini roʻyxatga olishni bir vaqtda amalga oshirish ular maʼlumotlarning taqqoslanish va ularning tahlil qilish imkoniyatini oshiradi, shuningdek, maʼmuriy intizomni mustahkamlashga yordam beradi, bu esa barcha ishtirokchilarni uni amalga oshirish uchun zarur tayyorgarlikka oʻz vaqtida gʻamxoʻrlik qilishga undaydi.

Roʻyxatga olishning yagona hisob-kitob sanasiga qaramasdan sodir boʻlishi mumkin boʻlgan ikki tomonlama hisobni yoki aksincha, oʻtishni kamaytirish uchun qisqa vaqt ichida roʻyxatga olish tavsiya etiladi. Boshqa tomondan, roʻyxatga olish muddati qanchalik qisqa boʻlsa, shuncha koʻp roʻyxatga olish xodimlarini jalb qilish kerak boʻladi. Bu xarajatlarni oshiradi va olingan maʼlumotlarning sifatini yomonlashtirishi mumkin. Ushbu turli fikrlarni uygʻunlashtirish imkoniyati mamlakatning hajmi va xususiyatlariga, shuningdek mavjud mablagʻlar hajmiga bogʻliq.

   

Hojiakbar Nortojiyev,

Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish

  jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi yetakchi mutaxassisi.