17/11/2023

2023- yilning 1- noyabr holatiga Farg‘ona viloyatida jami 2 988 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatib kelayotgan bo‘lib, so‘ngi besh yilga (2 388 ta) nisbatan 600 taga ko‘paygan. Bundan tashqari 2023- yilning yanvar-oktabr oylarida 405 ta yangi qurilish korxonalari tashkil etildi.

Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan qurilish korxonalar soni quyidagicha taqsimlangan:
 Oltiariq tumani – 135 ta
 Qo‘shtepa tumani – 89 ta
 Bag‘dod tumani – 127 ta
 Buvayda tumani – 95 ta
 Beshariq tumani – 84 ta
 Quva tumani – 134 ta
 Uchko‘prik tumani – 164 ta
 Rishton tumani – 99 ta
 So‘x tumani – 74 ta
 Toshloq tumani – 135 ta
 O‘zbekiston tumani – 77 ta
 Farg‘ona tumani – 130 ta
 Dang‘ara tumani – 98 ta
 Furqat tumani – 73 ta
 Yozyovon tumani – 101 ta
 Farg‘ona shahar – 788 ta
 Qo‘qon shahar – 249 ta
 Quvasoy shahar – 102 ta
 Marg‘ilon shahar – 234 ta