21/11/2023

 

Joriy yilning 21- noyabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi tomonidan joylarda tushuntirish ishlarini olib borilmoqda. Chunonchi, mazkur bo‘limning yetakchi mutaxassisi H.Nortojiyev tomonidan O‘zbekiston tumaniga qarashli “O‘qchi dasht” mahalla fuqarolar yig‘inida mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi hamda mahalla mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari bilan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida kelishib olindi.