21/11/2023

Farg‘ona viloyatida 2023-yilning 1- noyabr holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari 36 968 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 36 739 tani tashkil etgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi hududlarda qayd etilgan:
Farg‘ona shahrida – 5 877 ta
Qo‘qon shahrida – 3 909 ta
Marg‘ilon shahrida – 3 221 ta
Oltiariq tumanida – 2 035 ta
Uchko‘prik tumanida – 1 893 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:
savdo sohasida – 14 661 ta
sanoat sohasida – 7 950 ta
urilish sohasida – 2 948 ta
yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 2 199 ta
qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 1 816 ta