22/11/2023

Joriy yilning 22- noyabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi tomonidan joylarda tushuntirish ishlarini olib borilmoqda. Chunonchi, mazkur bo‘limning mutaxassislari H.Nortojiyev hamda G.Mamajonovlar tomonidan O‘zbekiston tumaniga qarashli “Yaypan guzar” mahalla fuqarolar yig‘inida mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni joyiga chiqib, raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi hamda mahalla mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari bilan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar haqida kelishib olindi.