22/11/2023

Joriy yilning 22-noyabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi yetakchi mutaxassisi L.Omonov, Qo‘shtepa tumani statistika bo‘limi mas’ul xodimi M.Abdurasulovalar tomonidan Qo‘shtepa tumanida bozor xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv davomida yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyati monitoring qilinib, registratorlarga kuzatuvni sifatli o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berildi.