22/11/2023

Qayd etish kerakki, sanoat tarmog‘i iqtisodiy faoliyat turlari ichida yuqori salohiyatga ega bo‘lgan tarmoqlardan biri hisoblanadi. Joriy yilning 1- noyabr holatiga viloyatimizda 2019-yilga nisbatan faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari sonining o‘sish sur’ati 106,4 foizni tashkil etdi.

So’nggi yillarda sanoat sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning o‘sish dinamikasi quyidagicha aks topdi:
• 2019 yilda – 7 542 ta
• 2020 yilda – 8 705 ta
• 2021 yilda – 10 324 ta
• 2022 yilda – 10 785 ta
• 2023 yilda – 8 024 ta