24/11/2023

Joriy yilning 23-noyabr kuni Oltiariq tumani statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh. Nabiyev tomonidan Oltiariq tumani dehqon bozorida 12-bozor (oylik) tanlanma kuzatuvlari o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida un va un mahsulotlaridan tayyorlangan mahsulotlar, mevalar, sabzavotlar, tuxum va boshqa mahsulotlarining oy davomida o‘rtacha bir kunlik sotilgani miqdori va hajmi o‘rganildi. Olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritish ishlari amalga oshirildi. Bundan tashqari mazkur so‘rovnoma yuzasidan jismoniy shaxslarga tavsiyalar berildi.