Joriy yilning 28-noyabr kuni viloyat statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va Farg‘ona viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan media tadbirlar rejasiga asosan “Farg‘ona viloyatining 10 oylik yakunlari bo‘yicha sanoat ishlab chiqarish hajmi ko‘rsatkichlari” mavzusida matbuot anjumani o‘tkaziladi.
Matbuot anjumanida Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasiboshlig‘ining birinchi o‘rinbosari F.Yakubov, “Sanoat statistikasi” bo‘limi boshlig‘i O‘. Umarov, mazkur bo‘lim boshlig‘ining o‘rinbosari M.Valiyeva hamda viloyatimizda faoliyat yuritayotgan OAV xodimlari, jurnalist va blogerlar qatnashdilar.
Tadbirda 2023-yilning yanvar-oktabr oylarida viloyat korxonalari tomonidan 28 642,2 mlrd.so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilganligi, 2022-yilning yanvar-oktabr oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishining fizik hajm indeksi* 105,2% ni tashkil etganligi, aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishi 7145,5 ming so‘mni, ishlab chiqaradigan sanoat mahsulotlari hajmi 26 547,0 mlrd.so‘mni, viloyatda iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 6 948,5 mlrd. so‘mni, aholi jon boshiga iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarilishi 1733,5 ming so‘mni tashkil etganligi haqida so‘z yuritildi. Bundan tashqari bugungu kunda sanoat korxonalarining statistik hisobotlarini qabul qilishdagi muammolar, ularning yechimlari va kelgusida amalga oshiriladigan vazifalar to‘g‘risida fikr bildirildi.
Ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda jurnalist va blogerlarni qiziqtirgan savollariga javob berildi.