01/12/2023

Joriy yilning 1-dekabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xoʻjaliklari kuzatuvlari” boʻlimi intervyuyeri R. Abdurazakov tomonidan uy xoʻjaliklari kuzatuvi o‘tkazildi. Belgilangan jadval asosida O‘zbekiston tumani “O‘rta qishloq” MFYda istiqomat qiluvchi Qoraboyevalar xonadoniga borib, kuzatuv ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida o‘tkazilayotganligi tushuntirildi hamda olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.