04/12/2023

Joriy yilning 1-dekabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi tomonidan Oltiariq tumani korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida “Korrupsiya – jamiyat kushandasi, unga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida seminar tashkil etildi. 

Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarma bosh yuriskonsulti A. Nurmatov tomonidan kun tartibiga qo‘yilgan birinchi masala yuzasidan bugungu kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi keskin va murosasiz kurash olib borilayotganligi, xususan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi, shuningdek Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasining tashkil etilishi va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturining tasdiqlanishi yurtimizda korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan qator chora-tadbirlarni samarali amalga oshirilishini ta’minlashi, qisqa vaqt ichida korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga oid beshta normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganligi, O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini yanada oshirish, eng yuqori darajadagi qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaratish, mamlakatning xalqaro maydondagi ijobiy imijini oshirish va mustahkamlashga qaratilganligi haqida ma’ruza qildi. Bundan tashqari endilikda, davlat xizmatchilarini tanlov asosida saralab olish, lavozimga tayinlash va yuqori lavozimlarga ko‘tarishning shaffof tartibiga asoslangan davlat xizmati tizimini shakllantirish, davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiya qilish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish, korrupsiya bilan bog‘liq huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar bergan shaxslarni himoya qilishning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish, davlat organlari va tashkilotlarining hisobdorligi va faoliyatining shaffofligini oshirish, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari faoliyatining chinakam erkinligini ta’minlash va ularni korrupsiyaga qarshi choralarni tayyorlash, o‘tkazishda va ijrosini monitoring qilishda ishtirok etish haqida ham keng va atroflicha tushuncha berdi. Kun tartibidagi ikkinchi masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023- yil 23- noyabrdagi  PF-199-son O‘zbekiston Respublikasida yashillik darajasini yanada oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-199-son Farmonining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Jumladan, yurtimizda atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirish, tabiiy ekotizimlarni saqlash va tiklash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. 2021-yil noyabr oyida boshlangan “Yashil makon” umummilliy loyihasi va Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yil 25-oktyabrdan 1-dekabrgacha “kuzgi daraxt ekish mavsumi”ning e’lon qilinishi “yashil” yo‘nalish O‘zbekistonda davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi, aholining daraxt ekishga bo‘lgan qiziqishini oshirish va rag‘batlantirish ishlarini yanada kuchaytirish zarurligi, chiqindi poligonlari atrofida va yirik sanoat korxonalari hududida “yashil belbog‘” yaratish, dala chetlarida, barcha korxona, tashkilot va muassasalar hududida ko‘chatlar ekish zarurligi ta’kidlab o‘tilganligi haqida so‘z yuritdi. Tadbir so‘ngida ko‘rilgan masalalar bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi.