05/12/2023

Joriy yilning 5-dekabr kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida yangi qabul qilingan qonunlarnining mazmun va mohiyatini tushuntirish bo‘yicha  o‘quv seminari tashkil etildi. Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti A.Nurmatov kun tartibiga qo‘yilgan O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 31-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi O‘RQ–874-son Qonunining, O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 9-noyabrdagi “O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-877-son Qonunining hamda  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-noyabr kungi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-200-son Farmonining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi. 

Ma’ruzachi o‘z so‘zida, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi      2023-yil 31-oktabrdagi O‘RQ–874-son Qonuni qabul qilinhanligi, unga ko‘ra JKning «1251-moddasining uchinchi qismi nikohi qonunda belgilangan tartibda qayd etilmagan shaxslar o‘rtasida, shu jumladan nikoh yoshiga yetmagan shaxs bilan nikoh tuzishga doir diniy marosimni amalga oshirish, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, 156-moddasining irinchi qismining sanksiyasi bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi, ikkinchi qismi milliy, irqiy, etnik yoki diniy mansubligiga qarab, aholi guruhlariga nisbatan adovat, murosasizlik yoki nifoq keltirib chiqarish maqsadida milliy sha’n-sharaf va qadr-qimmatni kamsitishga, diniy e’tiqodiga yoki daxriyligiga qarab, fuqarolarning his-tuyg‘ularini haqoratlashga qaratilgan qasddan qilingan harakatlar, shuningdek milliy, irqiy, etnik yoki diniy mansubligiga qarab, fuqarolarning ustunligini yoki nuqsonli ekanligini targ‘ib qilish, xuddi shuningdek milliy, irqiy, etnik mansubligiga yoki dinga munosabatiga qarab, fuqarolarning huquqlarini bevosita yoki bilvosita cheklash yoxud ularga bevosita yoki bilvosita afzalliklar berilganligi va boshqa  245-moddaning birinchi qismi, «477» raqamidan keyin «478» raqami bilan,«1841, 1842, 1843» raqamlari «1842, 1843, 1844» raqamlari bilan, «1891» raqamidan keyin «1892» raqami bilan, 287-modda birinchi qismining 1-bandidagi «1841, 1842, 1843» raqamlari bilan, «1842, 1843, 1844» raqamlari bilan almashtirilganligi haqida ma’reuza qildi.

           Bundan tashqari kun tartibdagi ikkinchi masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2023-yil 09- noyabr kuni «O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘RQ-877-sonli Qonuni imzolanganligi, unga ko‘ra o‘simliklarning va o‘simlik mahsulotining zararli organizmlariga qarshi kurashish uchun qo‘llaniladigan foydali organizmlar yoki ularning yashash faoliyati mahsulotlari, o‘simliklarning, hayvonlarning yoxud kasallik qo‘zg‘atuvchi agentlarning o‘simliklarga yoki o‘simlik mahsulotlariga zarar yetkazuvchi har qanday turi, xili yoki biotipi, o‘simliklarning rivojlanishini, pishib yetilishini tezlashtirish, hosildorligini va sifatini oshirish, shuningdek tuproq unumdorligini yaxshilash uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar, zararli organizmlarga qarshi kurashish uchun qo‘llaniladigan moddalar, zararli organizmlarga qarshi kurashishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish haqida ham to‘xtalib o‘tildi.

Kun tartibidagi uchinchi masala «Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni e’lon qilinganligi, unga ko‘ra 2023-yil 1-dekabrdan boshlab Ochiq ma’lumotlar portali hamda vazirlik va idoralarning veb-saytlariga boshqa ochiq ma’lumotlar qatorida hududlar kesimida «Haj» ziyoratiga borish uchun navbatda turgan fuqarolarning yagona onlayn navbati, bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish uchun berilgan arizalar navbati, davlat xaridlarini amalga oshirishga oid tartib-taomillarni belgilovchi ichki hujjatlar,  bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish shartlari, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar va taqdim qilinadigan hujjatlar,  nodavlat notijorat tashkilotlariga ajratilgan grant va ijtimoiy buyurtma loyihalari, shu jumladan g‘olib bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlarining buyurtma doirasida bajargan ishlari yuzasidan hisobotlari aks ettirish lozim ekanligi haqida to‘xtalib o‘tildi. Shu bilan birga falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish, o‘rta-maxsus va professional ta’lim muassasalarining, temurbeklar maktablari harbiy-akademik litseylarining test sinovlari hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari, oliy ta’lim muassasalaridagi harbiy kafedralarga qabul qilish  imtihonlar Internet tarmog‘ida to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatilishi haqida so‘z yuritildi.