2023-yilning 1- dekabr holatiga ko‘ra, viloyatimizda chet el investitsiyasi ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning soni 491 tani, shundan qo‘shma korxonalar 252 ta va xorijiy korxonalar 239 tani tashkil etdi.
Ularning sohalar bo‘yicha soni quyidagi ko‘rinishda aks etdi:
Sanoat sohasida – 244 ta
Savdo sohasida – 111 ta
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 20 ta
Qurilish sohasida – 32 ta
Tashish va saqlash sohasida – 15 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 17 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida – 10 ta
Axborot va aloqa sohasida – 6 ta
Boshqa sohalarda – 36 ta