15/01/2024

Joriy yilning 15-yanvar kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xoʻjaliklari kuzatuvlari” boʻlimi intervyuyeri R.nahobov tomonidan uy xoʻjaliklari kuzatuvi o‘tkazildi. Belgilangan jadval asosida Quva tumani “Yuqori Qo‘rg‘oncha” MFY, Kandi ko‘chasi, 171 uyda istiqomat qiluvchi Sh.Egamberdiyevalar xonadonida bo‘lib, kuzatuv ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida o‘tkazilayotganligi tushuntirildi hamda olingan ma’lumotlar joyida planshet qurilmasiga kiritildi.