21/09/2026

 Beshariq tumanida biznesni ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlari bevosita mahallalarda amaliy mashg‘ulotlar asosida davom ettirilmoqda.

 Navbatdagi amaliy tadbirlar tumanning Yangi, Vatan, Telov va Kulolobod MFYlarida hokim yordamchilari ishtirokida tashkil etildi.

 Mashg‘ulotlar davomida biznesni ro‘yxatga olish jarayonini tashkil etish tartibi, unda bajariladigan asosiy vazifalar, elektron shakllar bilan ishlash hamda ma’lumotlarni to‘g‘ri va to‘liq shakllantirish bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, jarayonda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlar muhokama qilinib, hokim yordamchilarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan tegishli tushuntirishlar berildi.

 Mahallalarda tashkil etilayotgan bunday amaliy mashg‘ulotlar mas’ullarning ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarligini mustahkamlash va tadbirni sifatli tashkil etishga xizmat qiladi.