Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026- yilning yanvar–iyul oylarida viloyatdan xorijiy mamlakatlarga 986,6 tonna sarimsoq piyoz eksport qilindi.
Eksport qilingan mahsulotning umumiy qiymati 1,8 mln AQSH dollarini tashkil etdi.
E’tiborlisi, sarimsoq piyoz eksportining jismoniy hajmi 2025- yilning mos davriga nisbatan 474,4 tonnaga ko‘paygan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, o‘tgan yilning mos davrida sarimsoq piyoz eksporti qariyb 512,2 tonnani tashkil etgan. Demak, joriy yilda eksport hajmi qariyb 1,9 barobarga yetgan.
Mazkur ko‘rsatkichlar Farg‘ona viloyatidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xorijiy bozorlarga yetkazib berish hajmida sarimsoq piyoz eksporti ham sezilarli o‘sish qayd etganini ko‘rsatadi.




