15/01/2024

Joriy yilning 15-yanvar kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari“ bo‘limi mutaxassisi B.Hamdamov tomonidan Bag‘dod tumani, “Qorovultepa” MFY, “Qizg‘aldoq” ko‘chasi 163- uyda istiqomat qiluvchi Yo.Mamaditevlar oilasi xonadonida uy xo‘jaligi kuzatuvlari amalga oshirildi. O‘rganish natijasida uy xo‘jaligining barcha asosiy belgilari, aholi daromadlari tarkibida boshqa joriy transfertlarlar, aholining real umumiy daromadlari, ijtimoiy transfertlar, minimal iste’mol xarajatlari qiymati, uy xo‘jalik daromadlari, xarajatlari, iste’moli va uy joyi, uzoq muddatli foydalaniladigan buyumlar bilan ta’minlanganligi, uy-xo‘jalik a’zolarining savodxonligi, bandligi, kam ta’minlanganlik darajasi kabi ma’lumotlar shakllantirildi va joyida planshet qurilmasiga kiritildi.