14/02/2024

Joriy yilning 14-fevral kuni Farg‘ona shahridagi 11-ixtisoslashgan davlat umumtalim maktabining yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 16-martdagi “Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi O‘RQ- 611-sonli qonunining mazmun va mohiyatini tushintirish bo‘yicha seminar tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi mutaxassisi H.Nortojiyev qatnashib, u o‘z so‘zida aholini ro‘yxatga olish jarayonidan olingan yetakchi ma’lumotlar asosida aholi turmush darajasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, onalar va bolalar salomatligini yaxshilash, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda katta manbaa ekanligi haqida tushuncha berdi.