14/02/2024

Joriy yilning 14-fevral kuni Quvasoy shahar tibbiyot birlashmasining xodimlari ishtirokida aholini ro‘yxatga olish jarayonlariga tayyorgarlik ishlari yuasidan seminar tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi yetakchi mutaxassisi M.Fazilova tomonidan aholini ro‘yxatga olish tadbiri ma’lum bir sanada O‘zbekiston aholisining soni, yoshi, jinsi, diniy va etnik tarkibi, oilaviy ahvoli, ma’lumot darajasi, uy-joy bilan ta’minlanganligi, iqtisodiy faolligi, daromad olish manbalari, nogironlig, aholi jon boshiga makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning taqsimlanishini, migratsiya holatini, mehnat resurslari taqsimotini aniq ko‘rsatib berilishi, hududlarni rivojlantirish bo‘yicha ishlarning manzilli amalga oshirilishi uchun axborot manbasi bo‘lib xizmat qilishi haqida so‘z yuritildi.