14/02/2024

Qo‘qon shahar statistika bo‘limi yetakchi mutaxassisi Sh. Yusupov tomonidan Qo‘qon shahridagi Yalang‘och ota MFY, Parpashabof ko'chasi, 34-xonadonida 4-TJ (turar joy) tallanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv jarayonida foydalanishga topshirilgan yakka tartibdagi uy joylarga sarf qilingan mablag‘lar haqidagi ma’lumotlar to‘plandi. Olingan ma’lumotlar joyida shaffof va haqqoniy tarzda planshet qurilmasiga kiritildi. Xonadon egalariga mazkur kuzatuv haqqoniy statistik ma’lumotlarni shakllantirishga xizmat qilishi haqida tushuncha berildi.