14/02/2024

Joriy yilning 14-fevral kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi mutaxassislari tomonidan Oltiariq tumaniga qarashli “Beglar” mahalla fuqarolar yig‘inida xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi. Mahallaning yangilangan xaritasiga kiritilgan o‘zgartirishlarni, ya’ni raqamlangan va raqamlanmagan uylarni, ko‘cha nomi belgilarining mavjudligi hamda mahallada mavjud noturar obyektlarni xarita bilan solishtirish ishlari amalga oshirildi. Shu bilan birga mahalla faollariga aholini ro‘yxatga olish tadbirining afzaliklari haqida tushuncha berildi.