15/03/2024

2024-yil 1- mart holatiga Rishton tumani bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 2341 taga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 110,0 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar – 1 654 ta
Yangi tashkil etilgan – 68 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganda:
Qishliq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 58 ta
Sanoatda – 363 ta
Qurilishda – 93 ta
Savdoda – 454 ta
Tashish va saqlashda – 34 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 139 ta
Axborot va aloqada – 32 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda – 41 ta
Boshqa turdagi xizmatlarda – 440 ta

Tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha tahlil qilinganda:
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlari – 433ta
Xususiy korxonalar – 361 ta
Oilaviy korxonalar – 514 ta
Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar - 9 taga to‘g‘ri keldi.