16/03/2024

Milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz, qadriyatlarimizda ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka va mehr-oqibatga undashi bilan hashar alohida ahamiyatga ega. Shu boisdan xalqimizda hashar – elga yarashar degan ezgu ibora bor.
Yurtimizda «Navro‘z» umumxalq bayramini munosib kutib olish maqsadida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari boshlab yuborildi. Erta tongdan boshlangan tadbir viloyatimizning barcha mahallalarida, korxona, tashkilot va muassasalarida uyushqoqlik va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazimoqda. Jumladan, Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ham mazkur tadbirda faol qatnashmoqdalar.
Xayriya hashari davom etmoqda.