18/03/2024

2024-yil 1- mart holatiga Uchko‘prik tumani bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 3042 taga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 105,9 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar – 1 943 ta
Yangi tashkil etilgan – 58 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganda:
Qishliq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 53 ta
Sanoatda – 512 ta
Qurilishda – 143 ta
Savdoda – 741ta
Tashish va saqlashda – 42 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 57 ta
Axborot va aloqada – 8 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda – 54 ta
Boshqa turdagi xizmatlarda – 333 ta
Korxonalarni tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha tahlil qilinganda:
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlari – 1124 ta
Xususiy korxonalar – 333 ta
Oilaviy korxonalar – 217 ta
Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar - 26 taga to‘g‘ri keldi.