18/03/2024

2024-yil 1- mart holatiga Quva tumani bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 2978 taga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 107,8 %ni tashkil etdi.
Shundan:
Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar – 1 817 ta
Yangi tashkil etilgan – 51 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganda:
Qishliq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 103 ta
Sanoatda – 316 ta
Qurilishda – 114 ta
Savdoda – 623 ta
Tashish va saqlashda – 54 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 101 ta
Axborot va aloqada – 27 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda – 49 ta
Boshqa turdagi xizmatlarda – 430 ta
Korxonalarni tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha tahlil qilinganda:
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlari – 919 ta
Xususiy korxonalar – 395 ta
Oilaviy korxonalar – 165 ta
Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar - 19 taga to‘g‘ri keldi.