19/03/2024

2024-yil 1- mart holatiga Beshariq tumani bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 2180 taga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 105,1 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar – 1 358 ta
Yangi tashkil etilgan – 38 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganda:
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 66 ta
Sanoatda – 201 ta
Qurilishda – 67ta
Savdoda – 458 ta
Tashish va saqlashda – 46 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 52 ta
Axborot va aloqada – 9 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda – 54 ta

Korxonalarni tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha tahlil qilinganda:
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlari – 608 ta
Xususiy korxonalar – 246 ta
Oilaviy korxonalar – 195 ta
Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar - 20 taga to‘g‘ri keldi.