19/03/2024

2024-yil 1- mart holatiga Bag‘dod tumani bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 2325 taga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 107,1 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar – 1 534 ta
Yangi tashkil etilgan – 31 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganda:
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 74 ta
Sanoatda – 330 ta
Qurilishda – 118 ta
Savdoda – 454 ta
Tashish va saqlashda – 24 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 107 ta
Axborot va aloqada – 20 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda – 31 ta

Korxonalarni tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha tahlil qilinganda:
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlari – 523ta
Xususiy korxonalar – 445 ta
Oilaviy korxonalar – 244 ta
Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar - 14 taga to‘g‘ri keldi.