19/03/2024

Joriy yilning 19-mart kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari“ bo‘limi mutaxassisi D.Ortiqov tomonidan Qo‘qon shahridagi “Tolzor” MFYda istiqomat qiluvchi E.Surovaning uy xo‘jaligida tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijasida uy xo‘jaligining barcha asosiy belgilari, aholi daromadlari tarkibida boshqa joriy transfertlarlar, aholining real umumiy daromadlari, ijtimoiy transfertlar, minimal iste’mol xarajatlari qiymati, uy xo‘jalik daromadlari, xarajatlari, iste’moli va uy joyi, uzoq muddatli foydalaniladigan buyumlar bilan ta’minlanganligi, uy-xo‘jalik a’zolarining savodxonligi, bandligi, kam ta’minlanganlik darajasi kabi ma’lumotlar shakllantirildi va joyida planshet qurilmasiga kiritildi.