20/03/2024

2024-yil 1- mart holatiga Qo‘qon shahri bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 7 061taga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 105,2 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar – 4 144 ta
Yangi tashkil etilgan – 120 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganda:
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 40 ta
Sanoatda – 835 ta
Qurilishda – 233 ta
Savdoda – 1501 ta
Tashish va saqlashda – 175 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 192 ta
Axborot va aloqada – 64 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda – 140 ta

Korxonalarni tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha tahlil qilinganda:
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlari – 2 925 ta
Xususiy korxonalar – 296 ta
Oilaviy korxonalar – 324 ta
Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar - 61taga to‘g‘ri keldi.