20/03/2024

2024-yil 1- mart holatiga Quvasoy shahri bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 2 278 taga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 115,3 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar – 1 468 ta
Yangi tashkil etilgan – 42 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganda:
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 88 ta
Sanoatda – 213 ta
Qurilishda – 93 ta
Savdoda – 589 ta
Tashish va saqlashda – 60 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 85 ta
Axborot va aloqada – 13 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda – 14 ta
Boshqa turdagi xizmatlarda – 313 ta

Korxonalarni tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha tahlil qilinganda:
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlari – 809 ta
Xususiy korxonalar – 218 ta
Oilaviy korxonalar – 235 ta
Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar – 34 taga to‘g‘ri keldi.