20/03/2024

 2024-yil 1- mart holatiga Marg‘ilon shahri bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan korxona va tashkilotlar soni 5 085 taga yetdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 101,3 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar – 3 165 ta
Yangi tashkil etilgan – 67 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganda:
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 34 ta
Sanoatda – 631 ta
Qurilishda – 208 ta
Savdoda – 1 240 ta
Tashish va saqlashda – 86 ta
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda – 128 ta
Axborot va aloqada – 71ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda – 75 ta

Korxonalarni tashkiliy-huquqiy shakli bo‘yicha tahlil qilinganda:
Mas’uliyati cheklangan jamiyatlari – 2 086 ta
Xususiy korxonalar – 437 ta
Oilaviy korxonalar – 260 ta
Chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar – 29 taga to‘g‘ri keldi.