26/03/2024

Joriy yilning 20-mart kuni Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig‘i Sh.Mamadaliyev hamda boshqarmaning “Turmush darajasi statistikasi va uy xo‘jaliklari kuzatuvlari“ bo‘limi mutaxassisi N.Qodirovalar tomonidan Farg‘ona tumanidagi “Soy bo‘yi” MFY, Huvaydo ko‘chasi 4-xonadonda istiqomat qiluvchi A.Rustamovlar uy xo‘jaligida tanlanma kuzatuvi o‘tkazildi. Kuzatuv natijasida uy xo‘jaligining barcha asosiy belgilari, aholi daromadlari tarkibida boshqa joriy transfertlarlar, aholining real umumiy daromadlari, ijtimoiy transfertlar, minimal iste’mol xarajatlari qiymati, uy xo‘jalik daromadlari, xarajatlari, iste’moli va uy joyi, uzoq muddatli foydalaniladigan buyumlar bilan ta’minlanganligi, uy-xo‘jalik a’zolarining savodxonligi, bandligi, kam ta’minlanganlik darajasi kabi ma’lumotlar shakllantirildi va joyida planshet qurilmasiga kiritildi.