26/03/2024

2024-yil yanvar-fevral oylari holatiga Marg‘ilon shahrida qurilish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxona va tashkilotlar tomonidan 105,4 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari amalga oshirildi. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 81,5 %ni tashkil etdi.

Shundan:
Yirik qurilish tashkilotlari – 36,5 mlrd. so‘m
Kichik korxona va mikrofirmalar – 53,7 mlrd. so‘m
Norasmiy sektor – 15,2 mlrd. so‘m

Bundan tashqari:
Yangi qurilish, rekonstruksiya, kengaytirish va texnik qayta qurollantirish – 78,9 mlrd. so‘m
Aholi jon boshiga qurilish ishlari – 1 466,2 ming so‘m

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha:
Bin ova inshootlarni qurish – 94,2 mlrd. so‘m
Fuqarolik obyektlarini qurish – 9,7 mlrd. so‘m
Ixtisoslashtirilgan qurilish ishlari – 1,5 mlrd. so‘mga to‘g‘ri keldi.