27/03/2024

Joriy yilning 26-mart kuni Farg‘ona shahridagi pedagogika kollejining pedagog va talabalari ishtirokida aholini ro‘yxatga olishga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasining “Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi mutaxassislari tomonidan aholini ro‘yxatga olish jarayonidan olinadigan ma’lumotlar aholi turmush darajasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, onalar va bolalar salomatligini yaxshilash bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqishda katta manbaa ekanligi haqida tushuncha berildi. Bundan tashqari viloyatimizning barcha tuman va shaharlaridagi mahalla fuqarolar yig‘inlarining xaritasiga o‘zgartirishlar kiritilganligi, raqamlanmagan uylarni raqamlashtirish, ko‘cha nomi belgilarini ilinishi mazkur tadbirni sifatli o‘tishiga asosiy omil bo‘lib xizmat qilishi haqida ham so‘z yuritildi.