27/03/2024

Joriy yilning 27-mart kuni Quvasoy shahridagi 7-umumiy o‘rta ta’lim maktabining pedagog va xodimlari ishnirokida seminar tashkil etildi. Seminarda Farg‘ona viloyati statististika boshqarmasining “Ro‘yhatga olish jarayonlarini tashkil etish va uni o‘tkazish” bo‘limi yetakchi mutaxassisi M.Fozilova qatnashib, u o‘z so‘zida aholini ro‘yxatga olish - mamlakat aholisining muayyan vaqtdagi “fotosurati”ni olish imkonini beruvchi umumdavlat miqyosidagi keng ko‘lamli tadbir bo‘lib, aholi to‘g‘risidagi ishonchli axborot manbai ekanligi, ushbu tadbir yana shunisi bilan ahamiyatliki, to‘plangan  ma’lumotlar ijtimoiy himoya, investitsiya, uy-joy, sog‘liqni saqlash, madaniyat, turizm, ta’lim, yo‘l qurilishi va infratuzilma kabi manzilli dasturlarning tayyorlanishi va amalga oshirilishiga xizmat qilishi xususida so‘z yuritdi.